TUPROQNI EKISHGA TAYYORLASHDA DISKSIMON ISHCHI ORGANLAR KONSTRUKSIYALARI TAHLILI

Hamroqul Ravshanov

texnika fanlari doktori, dotsent,

Keywords: tuproq, agregat, konstruksiya, diskli ishchi organ, kо‘pfunksiya


Abstract

Jahonda energiya-resurstejamkor va ish unumi yuqori bо‘lgan tuproqqa ekish oldidan ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish va qо‘llash yetakchi о‘rinni egallaydi. Binobarin, qishloq xо‘jalik ekinlarining urug‘larini ekishdan oldin dalalarni ekishga tayyorlashning resurstejamkor texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan diskli ishchi organlardan tashkil topgan texnik vositalarning yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yо‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari keng kо‘lamda olib borilmoqda. Bugungi kunda daladan bir о‘tishda tuproqni ekishga tayyorlash bо‘yicha barcha texnologik jarayonlarni qо‘shib bajaradigan kombinatsiyalashgan mashinalarni ishlab chiqish va qо‘llashga asosiy e’tibor qaratilgan.

Respublikamiz qishloq xо‘jaligida mehnat va energiya sarfini kamaytirish, resurslarni tejash, qishloq xо‘jalik ekinlarini ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirish va barcha texnologik jarayonlarni sifatli bajarilishini ta’minlaydigan texnika vositalarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tuproqqa ekish oldidan sifatli ishlov beradigan mashinalarni texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, diskli ishchi organlarning texnologik ish jarayonlarini asoslash, ularni tuproq bilan о‘zaro ta’sirlashish jarayonida resurstejamkorlikni ta’minlash bо‘yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish davr talabidir. 

Mazkur maqolada tuproqni ekishga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari, uni amalga oshiradigan texnik vositalar va disksimon ishchi organlar konstruksiyalari tahlili batafsil keltirilgan. 


References

1. Ravshanov H.A. Tuproqni takroriy ekinlar ekishga tayyorlaydigan texnik vositalarni ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari: Dis. … texn. fan. dokt. –Toshkent, 2020. – 206 b.

2. Ergashev M.M. Kombinasiyalashgan borona diskli yumshatkichlarining parametrlarini asoslash: Dis. … texn. fan. fals. dokt. –Toshkent, 2018. – 121 b.

3. Лiсiч М.Н., Шевsова Е.П. Комбинированное многофункsиональное почвообра-батiваyushее орудие// Молодой учёнiй. –Казань, 2015. – № 11 (91). – С. 385-387.

4. Патент RU №2690428. Комбинированнiй почвообрабатiваyushий агрегат/ Рyaднов А.И. // Б.И. – 2017. – № 6.

5. Офиsальнiй сайт.www.agrobase.ru.

6. Офиsальнiй сайт. www.agrointer.co.ua.

7. Офиsальнiй сайт. www.agrodelo.com.ua

8. Офиsальнiй сайт. www.lemken.com

9. А.С. 105108. Диск длya пахоты/ Балбычев Г.П., Коваленко М.В., Пинхасик В.Л., Рyaзанов В.М// Бyuл. –2011. – № 16.

10. А.С. 2046578. Диск длya пахоты и дисковый плуг/ Жаверлyaк Ж.Ш// А01В21/02. – 1936. – 9 стр.

11. Кобyaков И.Д.,Кустов П.С.,Чередник С.И. Усовершенствование конструкsии дискового плужного ножа/ Механизаsиya сельскохозyaйственного производства: науч.тр./ Ом.с.-х.ин-т. –Омск, 1978. –Т.177. –С.9-13.

12. Staffed J.V., Geikie A. Implement configuration to loosen soil by inducing // Soil and Tillage Restarch, 2007.– V.9–№4.–рр. 21-24.