XORAZM VILOYATIDA QALQONSIMON BEZ O‘CHOQLI O‘ZGARISHLARINING TARQALISHINI ANIQLASHDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVI IMKONIYATLARI
Ataxonova Moxinur G‘ayrat qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘zbekiston, Xorazm viloyati, Urganch shahri,
Aytimova Gulsanam Yusupovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘zbekiston, Xorazm viloyati, Urganch shahri,
सार
Hozirgi kunda qalqonsimon bez kasalliklari, ayniqsa tugunli va o‘choqli o‘zgarishlar, butun dunyo bo‘ylab endokrin patologiyalar orasida eng keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi. Xususan, ekologik omillar, yod tanqisligi, stress va noto‘g‘ri ovqatlanish bu kasalliklarning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy sabablar hisoblanadi. Respublikamizning ayrim hududlarida, jumladan Xorazm viloyatida ham, ushbu kasalliklarning tarqalish darajasi oshib borayotgani kuzatilmoqda. Ko‘p hollarda tugunli o‘zgarishlar klinik belgilarsiz kechadi va faqat instrumental diagnostika, xususan ultratovush tekshiruvi (UTT) yordamida aniqlanadi. UTT esa xavfsizligi, iqtisodiy samaradorligi va yuqori aniqligi tufayli aholi orasida skrining tadbirlari uchun eng maqbul usullardan biri sanaladi. Shu bois, Xorazm viloyati aholisi orasida qalqonsimon bez o‘choqli o‘zgarishlarining tarqalishini aniqlash hamda ultratovush tekshiruvi imkoniyatlarini baholash dolzarb ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar hududiy sog‘liqni saqlash tizimida erta tashxis qo‘yish, profilaktika choralari va malakali tibbiy yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
##submission.citations##
1. S. Bektoshova, F. Jo’rayev, S. Bozorqulova, and S. Rayimqulova, “Qalqonsimon bez oldi bezining morfolo-fiziologiyasi,” Prospect. MAIN TRENDS Mod. Sci., vol. 2, no. 18, pp. 20–24, 2025.
2. Ж. Т. Алимовна, “Факторы, влияющие на здоровье педагогов: исследование и рекомендации,” J. Educ. Ethics Value, vol. 3, pp. 2–126, 2024.
3. Г. Д. Матризаева, М. М. Алимова, and А. М. Бахтиёрова, “Климактерический синдром,” in International conference on multidisciplinary science, 2023, pp. 30–31.




