MURAKKAB ALLERGENLARGA SEZUVCHAN BEMORLARDA ALLERGIK KASALLIKLARNING OG‘IR SHAKLLARI: KLINIK VA IMMUNOLOGIK TAHLIL
Ollanazarova Shahnoza San'atbek qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘zbekiston, Xorazm viloyati, Urganch shahri,
Keywords: polimikstallergenlar, allergik kasalliklar
Abstract
Ushbu maqolada murakkab (polikomponent) allergenlarga sezuvchan bemorlar orasida uchraydigan allergik kasalliklarning og‘ir shakllari o‘rganildi. Tadqiqot davomida bemorlarning klinik simptomlari, ularning kechish darajasi va immunologik holati tahlil qilindi. Polimikstallergenlarga sezuvchanlik, kasallikning og‘irroq va surunkali kechishiga olib kelishi aniqlanib, immunoglobulin E (IgE), IL-4, IL-5 kabi yallig‘lanish markerlarining ortishi bilan bevosita bog‘liqligi qayd etildi. Shuningdek, molekulyar darajada Th2 yo‘nalishidagi immun javob ustunligi va sitokinlar ekspressiyasining o‘zgarishi kuzatildi. Ushbu ma’lumotlar polikomponent allergenlarga javoban yuzaga keladigan klinik holatlarni chuqur tahlil qilish, erta tashxis qo‘yish va individual terapiya yondashuvlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
References
1. K.D.Adilovna, “Allergik kasalliklarning klinik manzarasi va o‘ziga xosligi,” J. Sci. Res. Mod. VIEWS Innov., vol. 1, no. 2, pp. 34–36, 2024.
2. N. N. Alimova and N. I. Vafoyeva, “O‘zbekiston respublikasi aholisi o ‘rtasida allergik kasalliklarga ko ‘p sabab bo ‘luvchi allergenlarni aniqlash bo ‘yicha molekulyar diagnostika natijalari,” in CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD, 2024, pp. 26–30.
3. N.Jo’rayeva and N.Sobirova, “Lor kasalliklarining organizmga ta’siri va ularning yurak-qon tomir tizimi hamda allergik kasalliklar bilan bog ‘liqlig,” Explor. NEW HORIZONS Educ. Acad. Res., vol. 1, no. 1, pp. 121–128, 2025.
4. Z. Abduqodirova and A. B. Yo’lchiyev, “Allergik kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi allergenlarning turlari,” Образование и наука в XXI веке, no. 55–1, 2024.
5. S. G. Valentinovna and B. Gulshan, “Allergik reaksiya shakllari,” Pedagog. tadqiqotlar jurnali, vol. 3, no. 2, pp. 246–248, 2025.
6. R. R. qizi Sattorova and D. A. Kamalova, “Allergik kasalliklarni kattalar va bolalarda o’zaro farqlari.,” 2024.




